Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Mas’uliyasiz vasiyga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi"

"Mas’uliyasiz vasiyga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi"

🖥Ijtimoiy tarmoq monitoringi doirasida kichik yoshdagi qizning enagasi tufayli og‘ir jarohat olganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro G‘.M (1988-yilda tug‘ilgan ayol) Rossiya Federasiyasiga ishlash uchun ketishi sababli voyaga yetmagan qizi G‘.I.(2022-yilda tug‘ilgan)ni rasmiy ravishda ishonchnoma asosida M.X. (1988 yilda tug‘ilgan ayol) ning qaramog‘iga topshirib, 2024-yil avgust oyida jo‘nab ketgan.
Shuningdek, ona enaga M.X ga xizmat xaqqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uchun pul jo‘natib turgan.

2024-yil 15-noyabr kuni voyaga yetmagan G‘.I yashash xonadonidagi zinadan tushayotgan vaqtda yiqilib, og‘ir tan jarohati olganligiga qaramay, enaga ayol bolaning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yib uni shifoxonaga olib bormagan.
Oqibatda bolaga bosh miya lat yeyishi va boshqa xayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikastlar tashxisi qo‘yilgan.

2024-yil 28-dekabr kuni fuqaro M.X ga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 117-moddasi 1-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 12:48 05.01.2025. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!