Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mask tarixda boyligi 700 mlrd dollardan oshgan birinchi inson bo‘ldi

Mask tarixda boyligi 700 mlrd dollardan oshgan birinchi inson bo‘ldi

Ilon Maskning boyligi rekord sur’atlarda o‘sishda davom etmoqda. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla va SpaceX rahbarining hozirgi kapitali 749 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Oktyabr oyida Maskning aktivlari 500 mlrd dollar, dekabrda esa 600 mlrd dollar deb baholangan edi. Endi esa 700 mlrd dollarlik marra ham ortida qoldi. Oxirgi sakrashning asosiy sababi — 2018 yilda Tesla uchun belgilangan, bahsli kompensasiya paketi bo‘yicha sud qarori bo‘ldi. U ulkan aksiya opsionlarini nazarda tutadi va ularning qiymati yuzlab milliard dollarga baholanmoqda, bu esa Maskning rasmiy boyligini keskin oshirdi.

Bu mablag‘larning katta qismi naqd pul emas, balki kompaniyalardagi ulushlar shaklida mavjud. Asosiy aktiv — SpaceX: kompaniya birjada savdoga chiqmagan bo‘lsa-da, oxirgi moliyalashtirish bosqichlarida insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, uning bahosi 800 mlrd dollarga yaqinlashgan. Mask kompaniyaning taxminan 42 foiz ulushiga egalik qiladi. Shuningdek, Tesla va boshqa investisiyalar ham uning kapitalini sezilarli darajada oshirmoqda.

Hozir Mask bilan qolgan milliarderlar o‘rtasidagi farq misli ko‘rilmagan darajada. Solishtirish uchun, Forbes reytingida ikkinchi o‘rinda turgan Google hammuassisi Larri Peyjning boyligi taxminan 253 milliard dollarni tashkil qiladi.

Kiritildi: Bugun 17:52. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!