Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Mask: Men hech qachon Trampga oyiga 45 million dollar beraman deb aytmagandim

Mask: Men hech qachon Trampga oyiga 45 million dollar beraman deb aytmagandim

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi Amerika PAC siyosiy faollik qo‘mitasiga oyiga 45 million dollar ajratish niyatida emasligini aytdi. Avvalroq OAV SpaceX asoschisining Respublika kampaniyasini moliyalashtirish rejalari haqida xabar bergan edi.

“Men hech qachon Trampga oyiga 45 million dollar beraman deb aytmagandim. Bu shunchaki to‘g‘ri xabar emas”, dedi Mask yozuvchi Jordan Bernt Petersonga bergan intervyusida.

The Wall Street Journal'ning o‘tgan hafta xabar berishicha, Ilon Mask Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun Amerika PAC ga oyiga 45 million dollar jo‘natmoqchi bo‘lgan. NYT'ning yozishicha, tadbirkor o‘zining yaqin atrofiga rejalari haqida gapirib bergan. Amerisa PAC so‘nggi bir necha hafta ichida Donald Trampning qayta saylanish kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 15 million dollar sarfladi. Tashkilot uning saylovoldi shtabiga rasman aloqador emas.

Kiritildi: 11:50 24.07.2024. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!