Milliarder va yangi saylangan prezident Donald Tramp tarafdori Ilon Mask amaldagi davlat rahbari Jo Baydenning o‘g‘lini afv etish haqidagi qarorini tanqid qildi.
«Giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolar meni qiziqtirmaydi, lekin Qo‘shma Shtatlarning yaxlitligiga shubha qilish yaxshi emas», - deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.
2023 yilda Jo Baydenning o‘g‘li Xanter noqonuniy qurol saqlash va soliq qonunchiligini buzganlikda ayblangan. 1 dekabr kuni Jo Bayden Xanter Baydenni ehtimoliy jinoiy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi farmonni imzoladi. Donald Tramp amaldagi prezidentning qarorini «adolatsizlik» deb atadi.