Tell News Magazine ma’lumotlariga ko‘ra, eng mashhur TikToker Xabi Lame o‘zining yuziga bo‘lgan huquqlarni qariyb 1 milliard dollarga sotdi.
Bloger o‘zining shaxsiy brendini, ya’ni yuzini uch yilga Amerikaning Rich Sparcle Holdings kompaniyasiga ijaraga berdi, endi u Lamening intellektual mulkidan, yuzidan tijorat maqsadlarida foydalanishi mumkin bo‘ladi. Hamkorlik shuningdek, blogerning sun’iy intellekt dublini yaratishni ham o‘z ichiga oladi.
Xabi Lame - italiyalik TikToker bo‘lib, u turli xil hayot xakerlariga jimgina reaksiya videolari tufayli mashhurlikka erishdi. Hozirda uning 160 milliondan ortiq obunachisi bor.
U hech qanday ish qilmaydi, reklama roliklarida rol o‘ynamaydi, hech qanaqa ortiqcha harakat qilmaydi. Hammasini SI bajaradi va u milliard dollar pul topadi.