Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Mashhur «Kamp Nou» stadioni nomi o‘zgartiriladi

Mashhur «Kamp Nou» stadioni nomi o‘zgartiriladi

Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi koronavirusga qarshi kurash uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida o‘z uy stadionini nomlash huquqini sotmoqda.

Kataloniya klubi o‘z stadioni ochilgan 1957 yildan beri uning nomini o‘zgartirishni hatto o‘ylab ham ko‘rmagandi. Biroq insoniyat faoliyatining ko‘plab sohalariga jiddiy putur yetkazgan koronavirus epidemiyasi bu an’anaga chek qo‘ydi.

«Barselona» FK rasmiy sayti xabar berishicha, direktorlar kengashi «Kamp Nou» nomiga huquqni klubning homiy qidirish bilan shug‘ullanuvchi fondiga faqat bir yilga — 2020/2021 yil mavsumiga beradi.

«Shuni ma’lum qilamizki, ilk marta kimdir o‘z nomini «Kamp Nou»ga qo‘yishi mumkin, tushgan daromad nafaqat Barsa, balki butun insoniyatga xizmat qiladi. Bu tashabbus favqulodda vaziyatda yuzaga keldi. O‘z javohirimizni xizmatga qo‘yib (COVID-19ga qarshi kurashishga), tezda javob olamiz deb o‘ylaymiz», — dedi klub vise-prezidenti Jordi Kardoner.

Stadion nomiga huquqni bir yilga sotishdan tushgan pul Kataloniya va butun dunyodagi tadqiqot loyihalariga sarflanadi — kataloniyaliklar koronavirusga qarshi kurashishga shu tariqa yordam berishmoqchi.

Ma’lumot uchun: «Kamp Nou»  — 99 000 kishini o‘z bag‘riga sig‘diruvchi Yevropadagi eng katta stadion.

Kiritildi: 03:00 23.04.2020. O'qildi: 4312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!