Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Masharipov Turkiya klubiga o‘tishga yaqin

Masharipov Turkiya klubiga o‘tishga yaqin

O‘zbekiston yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiyaning «Samsunspor» klubida davom ettirishi mumkin. Turkiya Superligasi vakili transferning so‘nggi kunida 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya futbol federasiyasi qabul qilgan qoidaga ko‘ra, Superliganing har bir jamoasi o‘z safiga bir nafar O‘zbekiton, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston yoki Tojikiston fuqarosini legionerlar limitidan tashqari qabul qilishi mumkin.

Masharipovning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bo‘lgandi. Tomonlar yaqinda o‘zaro kelishuv asosida amaldagi shartnomani bekor qildi. Hozirda Jaloliddin erkin agent maqomiga ega.

«Samsunspor» joriy mavsumda 3 o‘yindan keyin 1 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 16:04 16.09.2023. O'qildi: 4203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!