Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mart oyida Qashqadaryoda "Archa o‘yinchoqlari” xarid qilish uchun noqonuniy davlat xaridi o‘tkazilgan

A A A
Mart oyida Qashqadaryoda "Archa o‘yinchoqlari” xarid qilish uchun noqonuniy davlat xaridi o‘tkazilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yil internet saytlarning birida e’lon qilingan “Qashqadaryoda Yangi yil archasini bezash uchun 262,0 mln so‘m sarflandi” nomli xabarda qayd etilgan holatlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganish natijasida Koson tuman Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida “Archa o‘yinchoqlari” xaridi uchun 2023 yil 27 mart kuni o‘tkazilgan davlat xaridida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi (asoslanganlik prinsipi), 8-moddasi (moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi prinsipi) 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 26-moddasi (davlat xaridlari jarayoni) talablari buzilganligi aniqlandi.

Xususan, davlat xaridlarini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, maqbul muddatlarda o‘tkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirilishi kabi prinsiplariga zid ravishda:

- davlat xaridlarini rejalashtirish;

- xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;

- shartnomani tuzish va bajarish bosqichlariga amal qilinmagan holda 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oyida o‘tkazilgan Yangi yil bayrami uchun noqonuniy tarzda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 27 mart kuni “Archa o‘yinchoqlari” xarid qilish yuzasidan davlat xaridi o‘tkazilgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha 2023 yil 31 mart kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga yuborildi.

"Koson tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yil 4 aprel kuni Xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi" deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:21 06.04.2023. O'qildi: 2688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!