Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Marsda insoniyat ko‘paya oladimi?

Marsda insoniyat ko‘paya oladimi?

Yaponiyaning Yamanashi universiteti olimlari Marsda odamlarning ko‘payishi imkoniyatlarini aniqlash uchun tajriba o‘tkazdilar. Buning uchun tadqiqotchilar sichqonlarning spermatozoidlarini olti yil davomida Xalqaro kosmik stansiyada saqlab, uni radiasiya ta’sirida ushlab turishdi.

Mutaxassislar kosmik nurlanish inson DNKini yo‘q qiladi va shu bilan Marsda ko‘payishni imkonsiz qiladi deb taxmin qilishgan. Radiasiya natijasida kelib chiqqan saraton ko‘payishning oldini olishi ham mumkin. Biroq, yangi tadqiqot natijalari quvonarli. Xususan, olti yil davomida kosmik stansiyada sichqonlarning spermasini saqlashdan so‘ng, u hali ham sog‘lom holatda ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, olimlar sperma Marsda 200 yilgacha yashashi mumkin deb hisoblashadi.

«Ushbu kashfiyotlar insoniyatning kosmik asrga o‘tishi uchun juda muhimdir. Boshqa sayyoralarga ko‘chish vaqti kelganida, biz nafaqat insonlar, balki uy hayvonlari uchun ham genetik resurslarning xilma-xilligini saqlab qolishimiz kerak bo‘ladi», - dedi tadqiqot mualliflaridan biri, Yaponiyaning Yamanashiuniversiteti professori Sayaka Vakayama.

Kiritildi: 12:09 13.06.2021. O'qildi: 2702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!