Marokashlik ayol futbolchi Faten Ben Amar Al Azizi ikki mamlakat chegarasida migrasiya vaziyatining keskinlashuvi fonida Ispaniyaning Seuta shahriga suzib ketayotganda vafot etdi.
Bu haqda Mundo Deportivo nashri "Magreb Atletik" futbol klubiga tayanib xabar berdi.
Klub sportchining shon-shuhrat yoki sarguzasht izlamaganini, balki chegaraning narigi tomonida yaxshiroq hayot va kelajakka intilganini ta’kidladi. Uning o‘limi Shimoliy Afrikadagi Ispaniya anklavi yaqinida sodir bo‘layotgan fojiali voqealarning bir qismi edi.
Seuta shahriga migrantlarning ommaviy oqimi 30 iyul kuni boshlangan. Rasmiylarga ko‘ra, migrasiya inqirozida kamida 67 kishi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, 48 300 dan ortiq hujjatsiz immigrantlar allaqachon Marokashga qaytarilgan.