"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan kelishmovchiliklar sabab jamoadan ketishi mumkin.
Ispaniyaning «Sport» nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi "MYu"dan ketib, "Barselona"ga o‘tmoqchi. U o‘zining uslubi kataloniyaliklarnikiga mos kelishiga ishonmoqda.
«Transfermarkt» portali hozirda Markusni 55 million yevroga baholamoqda.