Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Markaziy Osiyodagi eng qashshoq davlat ma’lum qilindi

Markaziy Osiyodagi eng qashshoq davlat ma’lum qilindi

Jahon banki tahlilchilari ta’kidlashicha, Tojikiston so‘nggi yigirma yil davomida o‘sish va boshqa yutuqlarga qaramay Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodi eng past ko‘rsatkichlarga ega davlat bo‘lib qolmoqda.

“Tojikiston o‘sish salohiyatiga ko‘maklashish” deb nomlangan hisobotda aytilishicha, 2000 yildan beri respublikada YAIM o‘sishi va kam ta’minlanganlarning sonini qisqarishish barqaror suratlarda olib borildi, ammo vaqt o‘tishi bilan ko‘rsatkichlar sekinlashdi.

“So‘nggi uch yil ichida Tojikiston iqtisodiyoti 20 foizdan ko‘proqqa o‘sdi, ammo qashshoqlik darajasi 2 foiz ko‘rsatkichga kamaydi”, - deyilgan hujjatda.

Xususan, mamlakatda aniq ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyotda resurslarni qayta taqsimlash sezilarli darajada kuzatilmadi.

“Resurslar past unumdorlik bilan sotilmaydigan ichki sektorlarga jamlangan”, - deb ta’kidladi tadqiqotchilar.

Iqtisodchilar ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Tojikistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimi sezilarli darajada kamaydi.

JB ma’lumotida aytilishicha, 2030 yilga kelib Tojikiston hukumati aholi daromadlarini 2-3,5 baravarga oshirishni rejalashtirdi.

 

Kiritildi: 15:21 03.09.2019. O'qildi: 12468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!