Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Markaziy Osiyodagi birinchi ekologik ko‘rgazmada ishtirok etishga shoshiling!

Markaziy Osiyodagi birinchi ekologik ko‘rgazmada ishtirok etishga shoshiling!

Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi Sizga nafaqat o‘z tashabbuslaringizni namoyish qilish, balki yangi bozorlarga chiqish, manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va global ekologik tendensiyaning bir qismiga aylanish imkoniyatini taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili” Davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rgazma mamlakatimizning global iqlim kun tartibidagi o‘rni ortib borayotganini aks ettiradi.

"Eco Expo"dan nimalar kutirish mumkin?

Yuqori darajadagi dastur. Uch kun davomida iqlimni moliyalashtirish, raqamli innovasiyalar, "yashil" energiya, suv resurslari, sirkulyar iqtisodiyot, barqaror qishloq xo‘jaligi va transport kabi dolzarb mavzularda o‘nlab panel sessiyalari, taqdimotlar va muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Keng miqyosdagi ishtirok. 10 000 dan ortiq ishtirokchilar va 500 dan ortiq tashkilot — startaplar va investorlardan tortib xalqaro tashkilotlar va hukumatlar vakillarigacha bo‘lishi kutilmoqda, bu esa ko‘rgazmani munosabat o‘rnatish, tashabbuslarni ilgari surish va investisiyalarni jalb qilish uchun ideal platformaga aylantiradi.
Samarali kun tartibi. Ishtirokchilar real hayotdagi barqarorlik holatlari, moliyalashtirish strategiyalari, innovasion texnologiyalardan foydalanish, maxsus institusional pavilyon doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish va o‘z tashabbuslarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Turli muhim mavzular. Dastur yashil o‘tishning barcha jihatlarini qamrab oladi — ekologik texnologiyalardan turizm, ta’lim, qurilish va shaharsozlikdagi aqlli yechimlargacha. Bu sizning biznesingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ilhom, bilim va hamkorlikka ega bo‘lish imkoniyatidir.

O‘zbekiston CRIC-21, CMS COP14 va Samarqand Iqlim forumi kabi yirik xalqaro forumlarga mezbonlik qiluvchi mintaqaviy eko-xab sifatida allaqachon o‘zini namoyon qilgan va CITES COP20 ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Eco Expo ushbu barqaror harakatlarning davomidir.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 Veb-sayt: www.ecoexpo.uz
📞 Telefon: +998 94 990 37 95
📞 Ko‘rgazmaning ishonch telefoni: +998 71 200 00 11
📞 Ekologiya vazirligining ishonch telefoni: +998 71 207 24 24

Kiritildi: 09:16 14.05.2025. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!