Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Markaziy bank pul ayriboshlashga kiritilayotgan qo‘shimcha talablarga munosabat bildirdi

A A A
Markaziy bank pul ayriboshlashga kiritilayotgan qo‘shimcha talablarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari talablariga muvofiqlashtirish hamda valyuta operasiyalarini amalga oshirish yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasida valyuta operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan loyiha tayyorlanib umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar valyuta operasiyalarini cheklash yoki qat’iylashtirishni emas, balki amalda mavjud normalarga aniqlik kiritish, ayrim operasiyalarni amalga oshirish jarayonini yanada soddalashtirish, tarqoq normalarni umumlashtirishni nazarda tutadi.

Xususan, loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

▫️yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish;
▫️amaldagi normalarni turli xil talqin qilish holatlarining oldini olish maqsadida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olishda banklarga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarni aniq belgilash;
▫️chet el valyutasini sotib olish buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish;
▫️xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda norezident jismoniy shaxslarga valyuta operasiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish;
▫️bank kassalari orqali mijozlarga naqd chet el valyutasini chiqim qilish bilan bog‘liq normalarni umumlashtirish.

Markaziy bank barcha ommaviy axborot vositalariga mazkur loyiha yuzasidan bildirilgan takliflar uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va ushbu takliflar loyihani yanada takomillashtirish davomida ko‘rib chiqilishini ma’lum qiladi.

Kiritildi: 15:56 10.11.2023. O'qildi: 1581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!