Mark Sukerberg ikki yil ichida ilk bor Meta aksiyalarini sotdi .U 682 ming qimmatli qog‘oz uchun deyarli 185 million dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi Kazinform.
Joriy yil yanvar-noyabr oylarida kompaniyaning bozor qiymati 172 foizga oshdi.
Bugungi kunda Meta aksiyalarining narxi ikki yil avval qayd etilgan tarixiy maksimalga yaqin.
Aksiyalarning sotuvi Sukerbergga venchur kapitali, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va boshqa kompaniyalarga sarmoya kiritishdan tushgan daromadini oshirish imkonini beradi.