Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Marhamat tumanida ota farzandi uchun 12 ming AQSh dollari miqdorida aliment pulini oldindan to‘lab berdi

Marhamat tumanida ota farzandi uchun 12 ming AQSh dollari miqdorida aliment pulini oldindan to‘lab berdi

Marhamatlik ota 12 ming AQSh dollarida aliment to‘ladi

Marhamat tumanida ota farzandi uchun 12 ming AQSh dollari miqdorida aliment pulini oldindan to‘lab berdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudi buyrug‘iga asosan qarzdor B.M.dan undiruvchi Z.M. foydasiga 2010 va 2014 yilda tug‘ilgan bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan. Shunga muvofiq, Byuroning Marhamat tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli ijro harakatlari olib borilgan.

Jarayonda taraflar o‘zaro kelishganligini bildirib, ota farzandi voyaga yetgunigacha bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Shunday qilib, qarzdor farzandi 18 yoshgacha bo‘lgan aliment to‘lovi evaziga 12 ming AQSh dollari, ya’ni 154 800 000 so‘m aliment pullarini undiruvchi Z.M. ga bir yo‘la to‘lab berdi.

Kiritildi: 11:42 15.04.2025. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!