Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Manhetten” loyihasi — AQShning ilk yadroviy qurol yaratish dasturi

“Manhetten” loyihasi — AQShning ilk yadroviy qurol yaratish dasturi

Loyiha 1942 yil 13 avgustda rasman boshlangan bo‘lib, ungacha tadqiqot S-1 Uran qo‘mitasi tomonidan 1939 yildan beri olib borilgan. Loyihada AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanada olimlari ishtirok etishgan.

Loyiha davomida uchta atom bombasi ishlab chiqilgan: plutoniyli Gadget (birinchi yadroviy sinov paytida portlatilgan), uranli Little boy (1945 yil 6 avgustda Xirosimaga tashlangan) va plutoniyli Fat man (1945 yil 9 avgustda Nagasakiga tashlangan).

Loyihani amerikalik fizik Robert Oppenhaymer va general Lesli Groves boshqargan. Loyihaning maqsadini yashirish uchun AQSh armiyasining harbiy muhandislik kuchlari tarkibida “Manhetten” muhandislik okrugi tashkil etilgan.

“Manhetten” loyihasi taxminan 130 000 kishini qamrab olgan va o‘sha paytdagi hisob-kitoblarga ko‘ra deyarli 2 milliard dollarga tushdi. Tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari AQSH, Buyuk Britaniya va Kanadadagi 30 dan ortiq ob’ektlarda amalga oshirilgan. Loyiha doirasida, shuningdek, Germaniya yadro quroli loyihasidan razvedka ma’lumotlari to‘plangan.

“Manhetten” loyihasining qat’iy maxfiyligiga qaramay, “atom josuslari” SSSRga atom bombasini yaratishda foydalanilgan katta miqdordagi texnik ma’lumotlarni yetkazishga muvaffaq bo‘lishgan.

Kiritildi: 00:04 14.09.2024. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!