Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida sodir bo‘lgan hodisada harbiy xizmatchilar orasida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi.
Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bayonot berdi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, Kaspiy dengizida ilgari bedarak yo‘qolgan ikki harbiy xizmatchining jasadi 25 sentyabr kuni ertalab topilgan.
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi qidiruv operasiyasi tugaganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, fojia 24 sentyabr kuni jangovar tayyorgarlik missiyasini bajarish paytida sodir bo‘lgan. Ob-havo sharoitining to‘satdan va keskin yomonlashishi tufayli 17 nafar harbiy xizmatchi dengizga olib chiqildi. Uch nafari qutqarildi, ammo 14 nafari halok bo‘ldi.