Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

«Manchester Siti» yana himoyachi transferi uchun 50 million yevro sarflamoqchi

«Manchester Siti» yana himoyachi transferi uchun 50 million yevro sarflamoqchi

«Roma»ning o‘ng qanot himoyachisi Uesli Fransa faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Uesli «Manchester Siti»ning yozgi transfer maqsadiga aylangan. Ta’kidlanishicha, "shaharliklar" 22 yoshli braziliyalik uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor, biroq rimliklar o‘z futbolchisini sotishni rejalashtirmayapti.

«Roma» Ueslini o‘tgan yozda Braziliyaning «Flamengo» klubidan 25 million yevro evaziga sotib olgan edi. ""Sariq-qizillar"" tarkibida himoyachi barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ueslining Italiya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

«Manchester Siti» yana himoyachi transferi uchun 50 million yevro sarflamoqchi

Kiritildi: Bugun 15:07. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!