Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Manchester Siti» sardori Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» sardori Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash jamoadoshi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanovning salohiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Portugaliyalik futbolchi o‘zbekistonlik himoyachining iqtidori va jismoniy imkoniyatlarini yuqori baholab, uning jamoa uchun foydali o‘yinchi ekanini ta’kidladi.

«Husanov — o‘zimizdan. U juda iqtidorli va jismonan kuchli futbolchi. U jamoamizga yordam bera oladigan o‘yinchilardan biri», — dedi Diash jurnalistlarga.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov joriy mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarni hisobga olganda 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Biroq hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

14 oktyabr, chorshanba kuni «Manchester Siti» UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida Fransiyaning «PSJ» klubini o‘z maydonida qabul qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 19:47 13.10.2026. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!