Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Manchester Siti» «Arsenal»ga yaqinlashdi: Chempionlik taqdiri 19 apreldagi o‘zaro bahsda hal bo‘ladimi?

«Manchester Siti» «Arsenal»ga yaqinlashdi: Chempionlik taqdiri 19 apreldagi o‘zaro bahsda hal bo‘ladimi?

Angliya Premyer-ligasining 32-turi yakunlariga ko‘ra, «Manchester Siti» «Arsenal» bilan oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Pep Gvardiola shogirdlari kecha «Chelsi»ni tor-mor etdi (3:0), «to‘pchilar» esa avvalroq «Bornmut»ga imkoniyatni boy berishgandi (1:2).

Londonliklar hamon 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. «Shaharliklar» hisobida 64 ochko mavjud va ularda zaxira o‘yini bor.

55 ochko to‘plagan «Manchester Yunayted» uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Qizil iblislar» dushanba kuni «Lids»ga qarshi maydonga tushishadi. «Aston Villa» ham 55 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. «Liverpul» 52 ochko bilan 5-pog‘onani, «Chelsi» esa 48 ochko bilan 6-qatorni egallab turibdi.

Kelasi turda, 19 aprel kuni «Manchester Siti» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 09:54 13.04.2026. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!