Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

«Manchester Siti» 50 million funtlik himoyachi uchun kurashda peshqadam

«Manchester Siti» 50 million funtlik himoyachi uchun kurashda peshqadam

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» yozgi transfer oynasi oldidan «Brentford» himoyachisi Mikayel Kayodega bo‘lgan qiziqishini oshirdi.

«Siti» rahbariyati ushbu mavsumda Premyer-ligada autdan to‘pni o‘yinga kiritish bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis sifatida nom qozongan 21 yoshli Kayodening o‘sishidan hayratda qolgan. Manbaning qayd etishicha, hatto bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida ham, Kayodening transferi klub uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Biroq, agar mutaxassis o‘z lavozimida qolsa, «shaharliklar»ning futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatlari yanada yuqori bo‘ladi.

Bundan avval «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» ham Kayode uchun kurashda «Manchester Siti»ga qo‘shilgani haqida xabar berilgan edi. «Brentford» o‘z o‘yinchisini 50 million funt sterling (57,5 million yevro) ga baholamoqda.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kayodening bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 15:04. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!