"PSJ" bilan shartnomasi yakunlanayotgan hujumchi Lionel Messi faoliyatini MLSda davom ettiradi.
“Messi “Inter Mayamini” tanladi. Boshqa uchrashuvlar yo‘q. Bu uning yangi manzili”, deb yozdi TNT Sport jurnalisti Ernan Kastilyo Twitter'da.
"PSJ" yaqinda Messining 2022/23 yilgi mavsum yakunida ketishini e’lon qildi. 35 yoshli argentinalik futbolchi 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi.
Argentinalik futbolchi 2021 yilning iyunidan beri “PSJ” safida to‘p suradi va barcha musobaqalarda 74 ta o‘yinda 32 ta gol va 35 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Parijliklar bilan birgalikda u ikki marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan va bir marta mamlakat Superkubogi g‘olibiga aylangan.