Nyu-York shahri meri Zohran Mamdanining so‘zlariga ko‘ra, u Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkka tashrif buyurgan taqdirda, uni hibsga olish to‘g‘risida buyruq berish vakolatiga ega yoki yo‘qligi borasida shahar Adliya departamenti bilan faol muloqot olib bormoqda.
"Men bosh vazir Netanyahuning joyi Gaagadadagi Xalqaro jinoiy suda deb hisoblayman. Chunki u Xalqaro jinoiy sud tomonidan ayblangan harbiy jinoyatchi", — dedi Mamdani
"Nyu-York shahrida qonun menga nima qilishga ruxsat bersa, biz aynan shuni qilamiz, biroq bu maqsad yo‘lida o‘zimizcha qonunlar yozmaymiz", — deb qo‘shimcha qildi u.