AQSh Kurskda Shimoliy Koreyaning 8 ming askari borligini aytdi.
AQShning BMTdagi elchisi o‘rinbosari Robert Vud Xavfsizlik Kengashiga Vashingtonga «hozirda» Rossiyaning Kursk viloyatida Shimoliy Koreyaning 8000 nafar askari borligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar kelganini aytdi.
“Rossiyalik hamkasbimga juda hurmatli savolim bor: Rossiya hali ham Rossiyada KXDR qo‘shinlari yo‘qligini ta’kidlaydimi? Vud BMT Xavfsizlik Kengashiga Shimoliy Koreyaning rasmiy nomi — Koreya Xalq Demokratik Respublikasini nazarda tutgan holda aytdi.
Rossiya vakili javob bermadi.