Malkolm Iksning qizlari FQB va MRBni otalarini o‘ldirishga uringanlikda ayblashdi.
Malkolm Iksning uch qizi AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB), Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) va Nyu-York polisiyasini 1965 yilda otalarining qotilligiga aloqadorlikda ayblab sudga berdi va 100 million dollar tovon puli talab qilishdi.
Da’voga ko‘ra, davlat idoralari va polisiya bu fitna haqida bilgan va ishtirok etgan, biroq uning oldini olishga urinmagan.
X oilasining aytishicha, ular yillar davomida noaniqlik va hukumat yuqoridagi tashkilotlarning jinoyatdagi rolini yashirishidan aziyat chekkan.
"Islom millat" harakatiga rahbarlik qilgan Malkolm Iks 1965 yil 21 fevralda 39 yoshida Nyu-Yorkdagi nutqi vaqtida uch kishi tomonidan o‘ldirilgan. Bir necha o‘n yillar o‘tgach, mahkumlarning ikkitasi oqlandi va ularning hukmlari «adolatsizlik» deb topildi. 2022 yilda Nyu-York ularga 26 million dollar tovon to‘ladi, shtat esa 10 million dollar qo‘shdi.