Eng tajribali britaniyalik sud-tibbiyot ekspertlaridan biri Richard Sheperd intervyu berib, unda Malika Diana o‘limining sababini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Malika Diana 1997 yilda vafot etgan edi.
Ko‘plar Diana avtomobil halokatida vafot etganini bilishadi. O‘lim sababi esa juda kichik jarohat bo‘lganligi bois, shifokorlar buni sezmay qolishgan ekan.
Diana halokatda yashirin ko‘krak qafasi jarohatini olgan. O‘pka ichidagi kichik tomirlardan biri uzilganligi asta-sekinlik bilan ichki qon ketishiga olib kelgan , deydi ekspert.