Malayziya sudi mamlakat tartibga soluvchi organi talabiga ko‘ra Telegram messenjeriga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi. Bu haqda Bernama xabar berdi.
Malayziya aloqa va multimedia komissiyasi ikkita Telegram kanaliga qarshi fuqarolik da’vosi berdi. Regulyatorga ko‘ra, ular 1998 yilda qabul qilingan “Aloqa va multimedia to‘g‘risida”gi qonun qoidalarini buzuvchi kontentni tarqatmoqda.
“Bunday zararli kontentning tarqalishini to‘xtatish va uning qayta nashr etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha suddan vaqtinchalik ko‘rsatma olindi”, — deyiladi nashrda.
Regulyator ushbu harakatlar jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Moskvaning Taganskiy tuman sudi Telegramni kontentni bloklash qoidalarini buzgani uchun 4 million rubl miqdorida jarimaga tortgan edi.