Musulmon sayohati global indeksi MasterCard-CrescentRating (GMTI)ning 2022 yilgi reytingida Malayziya musulmonlar orasida eng yaxshi turistik yo‘nalishi maqomini saqlab qoldi.
Turkiya, Saudiya Arabistoni va Indoneziya birgalikda ikkinchi o‘rinni egallagan. GMTI musulmon turizm bozorining umumiy ko‘rsatkichlarini kuzatib boradi. Qayd etish lozimki, Malayziya ushbu indeks ishga tushirilgan — 2015 yildan buyon birinchilikni egallab keladi.
Malayziya turizm, madaniyat va san’at vaziri Datuk Seri Nensi Shukriyning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati uchun musulmonlar uchun yana bir bor eng yaxshi yo‘nalish sifatida tan olinish katta sharaf.
«Biz hamon musulmonlar uchun do‘stona bo‘lgan va mahalliy hamda global masshtabdagi mehmondo‘stlikni himoya qilish tarafdorimiz», – degan u o‘z chiqishida.