Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi

Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi

📝 Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi.

💸 “Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi.

✔️ Shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi.

💵 Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida Jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi:

🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

🔹 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reestridagi oilalar a’zolariga;

🔹 doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga.

🚫Bunda ishsizlik nafaqasi to‘lanishi davrida o‘quvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.

Kiritildi: 17:45 08.08.2025. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!