O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, bugungi kunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Usmon Sharifxodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Usmon Sharifxodjayevni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Vazirlik jamoasi uning kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvafaqqiyatlar tiladi.
Shu o‘rinda Usmon Sharifxodjayev ham o‘tgan vaqt davomida barcha hamkasblar bilan hamjihat mehnat qilganligini ta’kidlab o‘tdi hamda buning uchun vazirlik jamoasiga o‘z minnatdorligini bildirdi.