Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar boshlanadi. Dars jadvali bilan tanishing! 

Maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar boshlanadi. Dars jadvali bilan tanishing! 

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda bugun, 30 mart kunidan boshlab uchta telekanalda televizion darslar namoyish etishni boshlaydi.

Uzdigital TV MCHJ abonentlari 1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida, 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11 sinflari uchun esa «Oxota va ribalka» kanalida tamosha qilishlari mumkin.

Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Soat 17:00 dan boshlab esa videodarslar takroran namoyish etiladi va yanada yaxshiroq o‘rganish uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi.

Xalq ta’limi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boradi.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi videodarslarni internet tarmog‘ida joylashtirib boriladi. Jumladan, videodarslar quyidagi manbalarda joylashtirib boriladi:

TASIX tarmog‘ida

https://mover.uz/channel/uzeduuz/

TASIX tarmog‘idan tashqarida

https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi

https://t.me/uzeduonlinemaktab

Dars jadvali

 

Kiritildi: 08:35 30.03.2020. O'qildi: 23285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!