Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Maktab o‘quvchilari ommaviy zaharlanishdi: Tergov qo‘mitasi rahbari tekshiruv jarayonini o‘z nazorati ostiga oldi

A A A
Maktab o‘quvchilari ommaviy zaharlanishdi: Tergov qo‘mitasi rahbari tekshiruv jarayonini o‘z nazorati ostiga oldi

Kaliningrad viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi maktab o‘quvchilarining ommaviy zaharlanishi haqidagi xabarlardan so‘ng tergovga qadar tekshiruvni boshladi.

Bu haqda agentlik saytida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, 14 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Kaliningrad maktablaridan biri o‘quvchilarining maktab oshxonasiga tashrif buyurganlaridan keyin ommaviy zaharlanishi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan.

TQ ma’lumotlariga ko‘ra, yetti nafar maktab o‘quvchisi tibbiy yordamga murojaat qilgan. Taxminlarga ko‘ra, ularning oltitasiga enterokolit, yettinchisiga esa O‘RVI tashxisi qo‘yilgan.

Tergovchilar Rospotrebnadzor mintaqaviy boshqarmasi mutaxassislarini jalb qilishgan.

Mutaxassislar maktab oshxonasidan namunalar olib, tadqiqotga yuborishgan.

Viloyat TQ rahbari Dmitriy Bocharov tekshiruv jarayonini o‘zining shaxsiy nazorati ostiga olgan.

Kiritildi: 20:30 15.11.2020. O'qildi: 4005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!