🔰 Qarorga ko‘ra, (https://t.me/huquqiyaxborot/18224) 2025/2026 o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
📝 2025 yil 1 sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (lisey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
✔️ Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:
🔸 har oyda 1 marotaba 7–9-sinf o‘quvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida o‘qitadi;
🔸 o‘quvchilarning Universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishlarini ta’minlaydi.