Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Germaniyaning Barselona va Marsel o‘rtasida qurilishi rejalashtirilgan H2Med quvur liniyasi loyihasiga qo‘shilishini ma’lum qildi.
“Loyiha Ispaniya, Portugaliya va Fransiyani Germaniya bilan bog‘laydi, u vodorod bo‘yicha ushbu infratuzilma strategiyasining hamkoriga aylanadi”, — deya Fransiya rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
2022 yil oxirida Fransiya, Ispaniya va Portugaliya MidCat gaz quvurini almashtirish uchun yashil yo‘lak yaratish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.