Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Makron Xitoyga Yevrokomissiya raisi bilan birga tashrif buyuradi

Makron Xitoyga Yevrokomissiya raisi bilan birga tashrif buyuradi

Aprel oyi boshida Xitoyga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron unga Yevrokomissiya raisi Ursuli fon der Lyayen hamrohlik qilishini aytdi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

"Men prezident Ursuli fon der Lyayenni Pekinni yagona (Evropa) ovoz bilan taqdim etish uchun tashrifning bir qismida menga hamroh bo‘lishni taklif qildim", dedi Makron juma kuni Yevropa Ittifoqi sammiti yakunlanganidan keyin Bryusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Fevral oyida, KKP Markaziy Qo‘mitasi Tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van Yi Parijga tashrif buyurganidan so‘ng, Yelisey saroyi prezidentning yilning birinchi yarmida Xitoyga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini e’lon qildi.

Kiritildi: 22:13 24.03.2023. O'qildi: 1843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!