Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Makron Ukraina va Rossiyani muzokaralar stoliga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligini aytdi

Makron Ukraina va Rossiyani muzokaralar stoliga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligini aytdi

Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron Ukraina va Rossiya Federasiyasini muzokaralar stoliga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligini aytdi. Bu haqda BFM TV telekanali xabar bermoqda.

“O‘ylaymanki, bugun biz hamma narsani qilishimiz kerak, shunda ishtirokchi tomonlar tanlagan vaqtda, Ukraina bunga qodir bo‘lganda, tomonlar muzokaralar stoliga qaytsin”, — dedi Fransiya prezidenti.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar mojaroning har ikki tomoni ularga tayyor bo‘lishi bilanoq o‘tkazilishi kerak. Shu bilan birga, Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda Ukraina tomonidan ilgari surilgan talablar hisobga olinishi kerak.

Shuningdek, Makron Fransiya “Rossiya Federasiyasi bilan urush qilmayotgani” va Kreml bilan muloqotni davom ettirishga tayyor ekanligiga e’tibor qaratdi.

Kiritildi: 16:25 22.09.2022. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!