Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Makron Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish uchun Ukraina hududini sotmoqchi bo‘lganlikda ayblandi

Makron Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish uchun Ukraina hududini sotmoqchi bo‘lganlikda ayblandi

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Rossiya bilan tinchlik kelishuvi doirasida Ukraina hududini sotishga tayyor, deya ma’lum qildi polshalik diplomat Yacek Sariush-Volskiy. Uning so‘zlarini Britaniyaning tabloidi Express keltirgan.

“Menimcha, Makron va Sholsning barcha orzulari Ukraina hududining bir qismidan voz kechish orqali tinchlikka erishishdir...”, dedi diplomat.

Sariush-Volskiy Parijning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozisiyasini tanqid qildi va Fransiya prezidentini ayyorlikda aybladi, chunki u "yolg‘onga asoslangan yoqimli gaplarni aytish ustasi".

Polsha diplomati, shuningdek, Britaniya nashriga "mojaroni muzlatishga intilish juda katta, ammo bu ochiq tan olinmasa ham", dedi.

Uning ta’kidlashicha, muzlatilgan mojaro o‘nlab yillar davom etishi mumkin.

Kiritildi: 14:07 04.06.2023. O'qildi: 4023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!