Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Makron ko‘zidagi muammo sabab uchrashuvga quyosh ko‘zoynakda keldi

Makron ko‘zidagi muammo sabab uchrashuvga quyosh ko‘zoynakda keldi

Makron ommaga qora ko‘zoynak taqqan holda ko‘rinish berdi — Le Parisien.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qora ko‘zoynak taqqan holda ko‘rinish berdi va ko‘zidagi qon tomiri yorilgani sababli bir muddat ularni taqib yurishga majbur ekanini ma’lum qildi. Uchrashuv jonli efirda prezident devoni tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida namoyish etildi.

"Bu jiddiy bo‘lmagan muammo bilan bog‘liq, ko‘zoynak uchun uzr so‘rayman. Ammo bir muddat ularni taqib yurishimga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun meni shu ko‘rinishda biroz sabr bilan qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi", — dedi Fransiya prezidenti Yangi Kaledoniya vakillari bilan uchrashuvda.

Kiritildi: Bugun 19:11. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!