Jan-Lyuk Melanshon rahbarlik qilayotgan "Yangi xalq ekologiya va ijtimoiy ittifoqi" (Nupes) 31,6 foiz bilan qanoatlanishga majbur bo‘lgan, Prezident saylovida Makronga asosiy raqib bo‘lgan Marin Le Penning "Milliy yig‘in" partiyasi 17,3 foiz, "Respublikachilar" — 6,98 foiz ovoz ololgan, xolos.
Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Makron koalisiyasi Milliy majlisda mutlaq ustunlikni qo‘lga kirita olmadi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Koalisiya Milliy majlisda 245 ta o‘rinni egallagan, Nupes esa131 ta o‘ringa egalik qiladi. "Milliy yig‘in" va "Respublikachilar"ga tegishlicha 89 va 61 ta o‘rin beriladigan bo‘ldi.
Fransiya parlamenti saylovining ikkinchi turida g‘olib bo‘lish uchun shunchaki ko‘p ovoz olsa yetadi. Shundan keyin natijaga qarab, Fransiya parlamentining quyi palatasiga 577 ta deputat besh yil muddatga saylanadi.
Fransiyada parlament saylovining birinchi davrasi 12 iyunda bo‘lib o‘tgan edi. Uning natijasi "Birgamiz!" koalisiyasining 25,71 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lganini ko‘rsatdi.
Jan-Lyuk Melanshon rahbarlik qilayotgan "Yangi xalq ekologiya va ijtimoiy ittifoqi" (Nupes) esa 25,61 foiz ovoz olgandi.