«10 yil oldin dunyoning eng yirik ijtimoiy tarmoqlaridan biri egasi yangi reaksion internasionalni qo‘llab-quvvatlashini va bir qator davlatlar, jumladan, Germaniyadagi saylovlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishini tasavvur qilish qiyin edi», — dedi Fransiya prezidenti fransuz elchilari oldida qilgan chiqishida.
Makron Maskning ismini tilga olmagan bo‘lsa-da, Politico nashriga ko‘ra, uning gaplaridan mazkur ishbilarmon haqida gap ketayotgani ayon bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, dekabr oyida Ilon Mask bo‘lajak parlament saylovlari arafasida Germaniyaning o‘ta o‘ng qanot «Germaniya uchun alternativ» partiyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. «Faqat shu partiya Germaniyani qutqara oladi», — deb yozgan edi Mask.