Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Makron fuqaroviy tartibsizliklar yuzaga kelgan Yangi Kaledoniyaga boradi

Makron fuqaroviy tartibsizliklar yuzaga kelgan Yangi Kaledoniyaga boradi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron fuqaroviy tartibsizliklar va zo‘ravonliklar kuchayishi ortidan Yangi Kaledoniyaga boradi. Bu haqda G‘arb manbalariga tayanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Fransiya hukumati Kaledoniyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan. Makron ham Yangi Kaledoniyada harbiy shtab boshliqlari bilan yig‘ilish o‘tkazishi ma’lum qilingan.

Kaledoniyadagi Numea xalqaro aeroporti xalqaro reyslar uchun yopilgani ma’lum qilingan. Bu aeroportdan hozirda faqat hukumat rasmiylari foydalanmoqda.

Kiritildi: 06:06 22.05.2024. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!