Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Makron bunga qarshi

Makron bunga qarshi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles nomzodi NATO Bosh kotibi lavozimiga ko‘rsatilsa, unga veto qo‘yishi mumkin. “Daily Express” shu haqda xabar berdi.

Britaniya nashri yozishicha, Parij Buyuk Britaniya yoki Turkiya vakili Alyans rahbariga bo‘lishiga qarshi.

“Daily Express” ushbu ma’lumot manbasini ko‘rsatmasa-da, Britaniya qonunchilari Makron bayonotiga allaqachon munosabat bildirdi.

Deputatlar Uolles nomzodini qo‘llab-quvvatlab, Fransiya rahbarini anglofobiyada ayblashdi.

Yens Stoltenberg NATOni 2014 yil oktyabridan beri boshqarib keladi. “The Times” va “Financial Times” gazetalari yozishicha, nomzodlar orasida Niderlandiya, Litva, Estoniyaning amaldagi Bosh vazirlari, Kanada Bosh vaziri o‘rinbosari hamda Polsha va Ispaniyaning sobiq hukumat raislari bor.

Aslida, shu yil kuzda lavozimini tark etishi lozim bo‘lgan Stoltenbergning vakolati Rossiya-Ukraina ziddiyati munosabati bilan bir yilga uzaytirilgan.

Kiritildi: 13:33 25.11.2022. O'qildi: 3793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!