Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Majnuntolning po‘stlog‘i ekstrakti viruslarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi

A A A
Majnuntolning po‘stlog‘i ekstrakti viruslarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi

Finlyandiyalik olimlar majnuntol po‘stlog‘i ekstrakti ko‘plab turdagi viruslarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi.

Ekstrakt shamollash va COVID-19 ni keltirib chiqaradigan koronaviruslarga, shuningdek, gripp va meningit kabi infeksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi oqsil qobig‘i bo‘lmagan enteroviruslarga qarshi samarali ekani ma’lum bo‘ldi.

Ekstraktni tayyorlash uchun majnuntol shoxlaridan foydalanildi. Po‘stlog‘i bo‘laklarga bo‘linib, muzlatildi, maydalandi va keyin issiq suvga aralashtirildi. Natijada, olimlar enteroviruslar va koronaviruslar uchun sinovdan o‘tkaziladigan ekstrakt namunalarini olishdi.

Olimlar sitopatik ta’sirni ingibirlash tahlilidan foydalanib, ekstrakt infeksiyalangan hujayralarda qancha vaqt turishini va virus faolligini qanchalik yaxshi ingibirlashini aniqlashdi. Ekstrakt hujayralarning o‘ziga zarar yetkazmadi va ularni infeksiyadan samarali himoya qildi. SARS-CoV-2 namunalari bilan o‘tkazilgan tajribalar virus hujayralarga hatto ekstrakt bilan ishlov berilsa ham kira olishini, lekin u ichkarida ko‘paya olmasligini ko‘rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.

Kiritildi: 19:40 10.11.2023. O'qildi: 1480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!