Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Majburiy obuna” balosi: maoshdan majburiy obuna uchun pul ushlab qolish mumkinmi?

“Majburiy obuna” balosi: maoshdan majburiy obuna uchun pul ushlab qolish mumkinmi?

Majburiy obuna balosidan qachon qutilar ekanmiz-a? Har kuni o‘nlab shu kabi xatlar olaman. "Oylik ish haqimdan obunaga ushlab qolishdi, shu mumkinmi?" degan mazmunda.

Mana, hozirgina Andijon viloyatidagi tibbiyot birlashmasida ishlaydigan bir ayol telefon qildi. "Yolg‘iz onaman, o‘zim 2-guruh nogironiman. Katta o‘g‘lim va kelinim kontraktda o‘qiydi, mening maoshim, o‘g‘limning maoshi va stipendiyasi hamda kelinimning maoshiga 5 kishi kun kechiramiz. Ishxonamda 2-yarim yillikning obunasi uchun oyligimdan pul ushlab qolishyapti. Rahbarlarga Xudoni zorini qildim, iltimos ushlab qolmanglar, 100 ming pul ham men uchun tilloga teng, deb. Lekin quloq solishmadi. Farzandini kontraktiga pul o‘tkazayotgan xodimlardan hech narsa ushlab qolinmaydi, deb eshitgandim, obunaga ushlab qolishlari to‘g‘rimi?"

Bu yerda opamiz 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontrakti uchun oylikdan o‘tkazilganda daromad solig‘i ushlanmasligi haqidagi qoidani nazarda tutmoqdalar. E’tiborli tomoni, sodda xalqmizda - agar kontraktga pul o‘tkazmaganlarida obuna ham majburiy, to‘lashga majburmiz deb, indamay ketaverardilar.

OBUNA MAJBURIY EMAS!

HECh KIM SIZNING OYLIK ISh HAQINGIZDAN OBUNA UCHUN USHLAB QOLISHIGA HAQI YO‘Q!

Faqat Sizning roziligingiz bilangina obuna uchun ushlab qolish mumkin. Shu sababli, mabodo rozi bo‘lmasangiz, biror hujjatga imzo qo‘ymang (sababi ko‘p joylarda aldab, qo‘rqitib, yalinib imzo qo‘ydirib olishadi).

Meni bir narsa qiziqtiradida, yaqin 50-100 yillarda faqat majburiy obunadan kun ko‘rishga o‘rgangan, lekin o‘zi o‘qish tugul, boshqa ishga ham arzimaydigan ayrim gazeta va jurnallarimiz o‘z qilmishlaridan uyalib, vijdoni qiynalib, gazetalarni o‘z xohishlari bilan yopisharmikin yoki shunaqa xalqni puliga mazaxo‘rak bo‘lib yuraverisharmikin...

Manba: xushnudbek.uz

Kiritildi: 08:56 31.05.2018. O'qildi: 2779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!