2026 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari mahsulotlarini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilishga sarflangan reklama xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Reklama televizion va radiokanallar, gazeta-jurnallar, onlayn nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar, tashqi reklama vositalari, shuningdek xorijiy internet platformalar orqali joylashtirilishi mumkin.
Mazkur xarajatlar Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi. Qaror tafsilotlari bilan lex.uz portalida tanishish mumkin.