Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

Magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, bundan buyon davlat OTMlari magistraturasiga o‘qishga kirgan barcha xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Bunda:

➖ 2021/2022 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori;

➖2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori qoplab beriladi.

Kiritildi: 02:44 16.06.2022. O'qildi: 2475 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!