Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

MAGATE yil oxirigacha Zaporojye AES atrofida demilitarizasiya zonasini yaratishga umid qilmoqda

MAGATE yil oxirigacha Zaporojye AES atrofida demilitarizasiya zonasini yaratishga umid qilmoqda

Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktori Rafayel Grossi ma’lum qildi.

"Mening vazifam imkon qadar tezroq yechim topishdir. Umid qilamanki, yil oxirigacha bu masalada yechim topiladi", — dedi Grossi Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida. “Men Putin jarayonni kuzatib borayotganini bilaman, yaqin kelajakda u va Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan yana bir uchrashuv o‘tkazishni istisno etmayman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Grossi bir necha bor o‘qqa tutilgan ZAES atrofida demilitarizasiya zonasini yaratishga harakat qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushayotgan ikkala tomon ham AES hududini o‘qqa tutmaslik va uning hududidan o‘t ochmaslik haqida prinsipial kelishib olgan.

"Rossiya kelishuvga va zavodni himoya qilish tamoyiliga qarshi emas. Ukrainaliklar talab qilayotgan narsa esa zavoddan qurol-yarog‘ning olib chiqib ketilishiga erishish hisoblanadi. Va har holda, bu umumiy kelishuvning bir qismi bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi MAGATE rahbari.

Kiritildi: 09:30 03.12.2022. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!