Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

MAGATE: Eron atom elektr stansiyasi yaqinidagi zarbalar yadroviy tahdid tug‘dirishi mumkin

MAGATE: Eron atom elektr stansiyasi yaqinidagi zarbalar yadroviy tahdid tug‘dirishi mumkin

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Eronning Bushehr atom elektr stansiyasi yaqinidagi uchinchi zarbadan keyin xavotir bildirdi, deb xabar beradi Xinhua.

Bu so‘nggi o‘n kun ichida sodir bo‘lgan uchinchi shunday hodisa. Agentlik bosh direktori Rafael Grossi reaktor shikastlangan taqdirda jiddiy radiasiyaviy avariya yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

MAGATE ijtimoiy tarmoqlardagi X sahifasida Erondan hujum haqida axborot olganini ma’lum qildi.

Eron rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, ishlayotgan reaktor shikastlanmagan, radiasiya oqishlari qayd etilmagan va zavod normal ishlamoqda.

MAGATE rahbari yadroviy avariya xavfining oldini olish uchun maksimal darajada ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Avvalroq, Eronning eng zaif yadroviy inshootlaridan biri — Natanzdagi yoqilg‘i boyitish zavodining "kirish binosi" "shikastlangani" ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:34. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!