Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Eronga tashrif buyuradi.
Bu haqda Grossi va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi o‘rtasidagi telefon muloqoti chog‘ida kelishuvga erishilgan.
Qayd etilishicha, vazir o‘z suhbatdoshini yadroviy muzokaralardagi mavjud vaziyat haqida ma’lum qilgan.
Arag‘chi MAGATEni Eron yadroviy inshootlariga tahdidlarga qarshi aniq pozisiyani egallashga chaqirdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.